Tashrif davomida xorijiy delegatsiya aʼzolari va Senat Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida S.Safoyev xorijlik mehmonlarning Oʻzbekistonga tashrifidan mamnun ekanligini bildirib, respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, parlament faoliyati bilan tanishtirdi.
Shundan soʻng tomonlar suhbat davomida BMT dasturlarining Oʻzbekistonda amalga oshirilish holatini, parlamentlararo hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.