Muloqotda ikki tomonlama kun tartibining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston-Amerika hamkorligining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Afgʻonistondagi holat, xususan, bu mamlakatdagi insonparvarlik vaziyat hamda iqtisodiy qayta qurish boʻyicha qoʻshma choralarga alohida eʼtibor qaratilyapti.

Qayd etilganidek, Oʻzbekiston Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlik oʻrnatishga, mamlakatni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga, shu jumladan, yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali jalb etishdan manfaatdor.

Kongressmenlar Oʻzbekistonning chet davlatlar fuqarolarini Afgʻonistondan evakuatsiya qilishni tashkil etishi hamda afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatishda faol ishtirok etishini alohida taʼkidladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.