Raketa AQSHning Sharqiy sohil vaqti bilan soat 07:50 da (Toshkent vaqti bilan 16:50) Kanaveral kosmodromidan uchirilgan.
Bu dunyodagi eng katta rover boʻlib, uning ogʻirligi 1 ming 25 kilogramga, uzunligi 3 metr va kengligi 2,7 metrga teng, deb xabar beradi Rossiyaning “Interfaks” axborot agentligi AQSH milliy aeronavtika va kosmik maʼmuriyatiga (NASA) iqtibos keltirgan holda.
Rover Marsga 2021-yilning 18-fevralida Jezero Kraterida qoʻnishi kutilmoqda. Sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlariga koʻra, oʻtmishda katta koʻlga oqib chiqadigan daryo deltasi boʻlgan. Olimlarning fikriga koʻra, ushbu kraterning qoyalarida hayot izlari qolgan boʻlishi mumkin.
Rover Marsda tosh namunalarini toʻplab, ularni Yevropa kosmik agentligi (ESA) va NASAning maxsus qoʻshma missiyasiga yuboradi.
NASA maʼlumotlariga koʻra, “Perseverance”da yadroviy quvvat generatori mavjud. Xuddi shu generator 2012-yil avgust oyidan beri qariyb sakkiz yil davomida Qizil sayyora yuzasini tadqiq qilib kelayotgan Amerikaning “Suriosity” roberasida qoʻllaniladi. Taxmin qilinishicha, yangi rover Marsda 687 Yer kuni davomida ishlay oladi.
“Ingenuity” diametri 1,2 metr va ogʻirligi 1,8 kilogramni tashkil etadi va Marsda birinchi boʻlib harakatlanadigan vertolyot boʻlishi kutilmoqda. Mazkur apparat ikki kamera bilan jihozlangan, hududni suratga olish uchun 20-30 soniya davomida havoda aylanib yurishga qodir.
Amerikaliklar Mars missiyasining qiymatini 3 milliard dollarga baholamoqda. Bu oxirgi oʻn kun ichida Marsga boʻlgan uchinchi missiyadir.
20-iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklarining “Al Amal” (“Umid”) kosmik kemasi Qizil sayyoraga Yaponiyaning H-IIA uchish moslamasida uchirilgandi. U Qizil sayyora ob-havosi, iqlimi va atmosferasini oʻrganish uchun moʻljallangan. “Al Amal” Marsga 2021-yilda BAA tashkil topganining 50 yilligi kunida yetib borishi kutilmoqda.
Xitoyning 23-iyul kuni parvoz qilgan birinchi “Tyanven-1” Mars tadqiqot missiyasining “Chanchjen-5” (CZ-5) ogʻir uchirish apparati kelgusi yilning 11-fevralida Qizil sayyoraga yetib borishi aytilgan edi.