AQSh Moliya vazirligi raqamli dollar ishlab chiqmoqda

    Ayni paytda ishchi guruh tuzilgan.

    AQSH Moliya vazirligi markaziy bankning raqamli valyutasini yaratishga yordam beradigan texnologiya ustida ishlamoqda, deya xabar bermoqda The Hill nashri.

    AQSH moliya vaziri oʻrinbosari Nelli Lyan chorshanba kuni Bayden maʼmuriyatining raqamli valyutani joriy etish rejasi haqida yangi maʼlumotlarni taqdim etdi.

    AQSH Federal zaxira tizimi (FZT) agar Kongress ruxsat bergan boʻlsa, oddiy dollar bilan bir qatorda raqamli dollarni chiqarish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

    Ayni damda qonunchilar va siyosatchilar bu tashabbusni muhokama qilmoqda. Unda Gʻaznachilik, FZT va Oq uy idorasi, Iqtisodiy maslahatchilar kengashi, Milliy iqtisodiy kengash va Fan va texnologiya siyosati boshqarmasi ishtirok etmoqda. Ayni paytda ishchi guruh tuzilgan. Uning taklifi AQSHda raqamli dollarni amalga oshirish boʻyicha siyosiy qaror qabul qilishda muhim rol oʻynaydi.