AQSH oʻzbek zaʼfaron mahsuloti olib kirilishiga berilgan ruxsatnomaning muddatini uzaytirdi

    FDA ruxsatnomasi – oʻzbek zaʼfaron mahsuloti AQSH bozorida qonuniy ravishda savdoga chiqarilishi uchun zarur boʻlgan asosiy hujjat hisoblanadi.

    AQSH oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan “BMB HOLDING”ning “BMB Opera Zafferano” korxonasiga zaʼfaron mahsulotini Qoʻshma shtatlarga eksport qilish imkoniyatini beradigan FDA ruxsatnomasi taqdim etilgan edi. Endilikda ushbu ruxsatnomaning muddati uzaytirildi.

    Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi zaʼfaron plantatsiyasida mahsulotni ekish, yetishtirish, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish, terib olish, qayta ishlash va saqlash, qadoqlash jarayonlari toʻliq oʻrganib chiqilgandan soʻng “BMB Shifo” korxonasi mazkur hujjatga munosib deb topildi.

    Maʼlumot oʻrnida: FDA (Food and Drug Adminstration) – AQSHning oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy, kosmetika, biologik mahsulotlarning xavfsizligi va samaradorligini nazorat qiluvchi davlat agentligi boʻlib, ushbu tashkilot mahsulotlarning inson sogʻligʻiga zarar yetkazmasligini va belgilangan standartlarga mosligini taʼminlaydi.

    FDA ruxsatnomasi – oʻzbek zaʼfaron mahsuloti AQSH bozorida qonuniy ravishda savdoga chiqarilishi uchun zarur boʻlgan asosiy hujjat hisoblanadi.