AQSH: Oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar 2021-yilda yana bir bor “Ilgʻor jangchi” deb topildi

    Harbiy 26 Aprel 2021 842

    Joriy yilning 19-24-aprel kunlari Amerika Qoʻshma Shtatlarining Missisipi shtatidagi “Camp Shelby” harbiy oʻquv bazasida tashkil etilgan “Ilgʻor jangchi” musobaqasining gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

    Marosimda Misissipi shtatidagi Qurolli Kuchlar tuzilmalari vakillari, faxriylar ishtirok etdi.

    Unda soʻz olganlar joriy yilgi musobaqalarning avvalgilariga nisbatan yana-da qizgʻin va murosasiz bahslarga boy tarzda oʻtganligini taʼkidlab, mehmon sifatida ishtirok etgan oʻzbekistonlik harbiylarning bilimi, mahorati, jasurligi va shijoatini eʼtirof etishdi.

    – Biz uchun anʼanaga aylangan ushbu musobaqada oʻzbekistonlik hamkasblarimiz ikkkinchi marotaba ishtirok etmoqda. Tan olib aytamanki, bu safar ham ular nafaqat jismoniy, balki jangovar va aqliy tayyorgarlik, qurol-aslahani bilishda ham yaqqol ustunlikka ega boʻldi. Bu esa bizning serjantlarimizni oʻz ustida yana-da koʻproq ishlashga undaydi, – dedi Missisipi shatati Milliy gvardiyasi serjantlar qoʻmondoni, serjant-mayor Kristofor Yong.

    Shundan soʻng tashkilotchilar tomonidan oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar III darajali serjant Dilmurod Sulaymonov hamda kichik serjant Xayrulla Olimovga musobaqa gʻoliblari uchun beriladigan “Ilgʻor jangchi” mukofoti va koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

    Eslatib oʻtamiz, ushbu musobaqada ishtirok etgan harbiy xizmatchilarimiz 2019-yilda ham birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan edi.

    Gʻolib harbiy xizmatchilar 27-aprel kuni Oʻzbekistonga yetib keladi.

    Shundan soʻng tashkilotchilar tomonidan Oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar III darajali serjant Dilmurod

    Otabek NORBOYEV,

    Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy

    kommunikatsiyalar departamenti xodimi.

    AQSH, Misissipi