O'yinda «Yuventus» vingeri Timoti Vea tezkor goli bilan hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Rikardo Pepi va Kristian Pulishich ham to'p kiritishdi. 

87-daqiqada Hojiakbar Alijonov jarohat olib maydonni tark etgach, zaxira imkoniyati qolmagan uchun O'zbekiston 10 kishi bo'lib qoldi va hisob yirik ko'rinish oldi. Eldor Shomurodov ikki bor birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi, Natijada o'yin 3:0 hisobida AQSH foydasiga yakunlandi. 

Srechko Katanets jamoasi AQSHda yana bir o'rtoqlik bahsida maydonga tushadi. Raqib — qit'a chempioni Meksika. O'yin 13 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 04:30da boshlanadi.