Bu haqda 2-fevral, yakshanba kuni AQSh Davlat departamenti ma'lum qildi.
Rubio Panamaga “muhim mintaqaviy va global muammolarni” muhokama qilish uchun kelgani qayd etildi.
“Suhbat chog'ida Rubio AQSh Prezidenti Donald Tramp Xitoy Kommunistik partiyasining Panama kanali hududiga ta'siri va nazoratining hozirgi holati kanalning o'ziga ham xavf tug'dirishi va Doimiy betaraflik va obyektdan foydalanish to'g'risida shartnomani buzishi haqidagi dastlabki xulosani ma'qullaganini ma'lum qildi”, deyiladi xabarda.
AQSh Davlat kotibi “bu status-kvo qabul qilib bo'lmaydigan” ekanligini ma'lum qildi.
“Agar zudlik bilan o'zgarishlar bo'lmasa, AQSh shartnoma bo'yicha o'z huquqlarini himoya qilish uchun zarur choralarni ko'radi”, dedi Rubio Panama Prezidenti va mamlakat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvi chog'ida.
Donald Tramp o'zining inauguratsiya marosimidagi nutqida AQSh kemalariga kanaldan foydalanishda, xususan, hatto AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemalariga nisbatan qo'llanilayotgan oshirilgan tariflar tufayli “adolatsiz munosabatda bo'lishayotganini” ta'kidlagan edi. Uning aytishicha, Xitoy kanalni nazorat qilmoqda, shuning uchun Amerika uni qaytarib olishi kerak.
Eslatib o'tamiz, Panama Prezidenti Xose Raul Mulino avvalroq AQSh bilan Panama kanali ustidan nazoratni topshirish bo'yicha muzokaralar g'oyasini qat'iyan rad etgan edi.
Avvalroq Tramp Amerika kemalari uchun tranzit bojlari kamaytirilmasa, Panama kanali Vashington nazoratiga qaytarilishini talab qilish bilan tahdid qilgandi, deb xabar beradi korrespondent.net.