AQSh Pokistonning raketa dasturini “yangi tahdid” deb atadi

    Pokiston “yetarlicha kattalikdagi raketa dvigatellarini sinovdan o'tkazish imkonini beruvchi, uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketa tizimlaridan tortib mudofaani o'z ichiga oladigan murakkab raketa texnologiyalari ustida ishlayapti.

    Oq uyning yuqori martabali mulozimining 19-dekabr kuni yadro quroliga ega Pokiston uzoq masofali ballistik raketa imkoniyatlarini rivojlantirayotganini, bu esa oxir-oqibat Janubiy Osiyodan uzoqroqdagi nishonlarga zarba berishga imkon berishini va bu AQSh uchun “yangi tahdid”ga aylanishini aytdi.

    Bu haqda 20-dekabr, juma kuni Reuters agentligi xabar berdi.

    Milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchi o'rinbosari Jon Faynerning kutilmagan bu fikrlari AQSh qo'shinlari 2021-yilda Afg'onistondan olib chiqib ketilganidan keyin Vashington va Islomobod o'rtasidagi bir vaqtlar yaqin bo'lgan aloqalar qanchalik yomonlashganini ko'rsatdi.

    Faynerning ta'kidlashicha, Pokiston “yetarlicha kattalikdagi raketa dvigatellarini sinovdan o'tkazish imkonini beruvchi, uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketa tizimlaridan tortib mudofaani o'z ichiga oladigan murakkab raketa texnologiyalari ustida ishlayapti, deb xabar beradi korrespondent.net.