баннер
23 Mar 2025
04:05

    AQSH Prezidenti O‘zbekiston Prezidentiga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Prezident janoblari!

    Amerika Qo‘shma Shtatlari halqi nomidan Sizni va butun O‘zbekiston halqini ajoyib Navro‘z ayyomi bilan tabriklayman. Bu barcha uchun tinchlik, farovonlik va yangilanish bayramidir.

    Mamlakatlarimiz o‘rtasida mustahkam rishtalar o‘rnatilayotganligini yuksak qadrlayman va Sizning izchil islohotlar dasturingizni olqishlayman. Savdo aloqalarimizni kengaytirish va zamonamizning eng yirik muammolarini hal etish yo‘lida hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutaman.

    Buyuk davlatlarimiz ravnaq sari intilayotgan bir paytda, Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini doimo qo‘llab-quvvatlashga sodiq bo‘lib qoladi.

    Navro‘z muborak!

    Chin dildan,

    Donald Tramp,

    Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti

    Telegram kanalimiz
    Text to speech