Siyosatchi Vetnam urushidan «qochganlar» uchun amnistiya e'lon qilgani va Isroil va Misr o'rtasidagi Kemp-Devid kelishuvlarini tuzish jarayonida ishtirok etgani, shuningdek, SSSR bilan strategik qurollarni cheklash to'g'risidagi shartnoma imzolagani bilan mashhur edi.
Karter 2002 yilda «dunyodagi mojarolarni tinch yo'l bilan hal qilishga qaratilgan sa'y-harakatlari uchun» tinchlik bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan.