AQSH qirg'oqlarida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo'ldi

    AQSH Geologiya xizmati ma'lumotlariga ko'ra, AQSHda Kaliforniya shtatining shimoliy qirg'oqlarida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo'ldi.

    Zilzila Evrikadan 119 kilometr va Gumboldt okrugi yaqinidagi Petroliyadan 102 kilometr uzoqlikda qayd etildi. Zilzila haqda birinchi marta xabar berilganida yer silkinishi 5,6 magnitudani tashkil etgani aytilgandi, keyin esa uning magnitudasi 5,5 ekani haqida xabar berildi.

    Seysmik hodisa bir nechta shaharda sezildi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumotlar yo'q, deb xabar beradi mir24.tv.