“Kelayotgan haftada Qurolli kuchlarning Markaziy qoʻmondonligi AQSH harbiylarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha vaziyatni baholaydi va zarurat tugʻilsa Afgʻonistonga qoʻshimcha kuchlarni joʻnatadi”, – qoʻshimcha qildi u.

Jan-Perning taʼkidlashicha, 11-sentyabrda yakunlanishi moʻljallangan qoʻshinlarni olib chiqish tadbiri qatʼiy tartib bilan, xavfsiz va shoshilmagan holda amalga oshiriladi.

Payshanba kuni NATO bosh qarorgohi ham qoʻshinlarni Afgʻonistondan olib chiqishni boshlash haqida xabar bergan edi.

AQSH va uning NATO boʻyicha hamkorlari Afgʻonistondagi harbiy amaliyotlarini 2001-yilda boshlagan edi.

Hozirda Afgʻonistonda NATOga aʼzo mamlakatlar va hamkorlarining 10 mingga yaqin askari harbiy xizmatini oʻtamoqda. Ulardan tashqari, Afgʻonistonda AQSHning ham 2 ming 500 kishilik harbiy kontingenti bor.