Boeing 737-800 Denver – Edmonton yo'nalishida harakatlanayotgan edi. Samolyot bortida 153 yo'lovchi va 6 ekipaj a'zosi bo'lgan. Havoga ko'tarilganidan ko'p o'tmay, samolyot dvigatellaridan birida yong'in boshlangan.
Samolyot Denver xalqaro aeroportiga favqulodda qo'ndirildi. Jabrlanganlar yo'q, yo'lovchilar boshqa samolyotda Edmontonga yetkazilgan.
AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi tergov boshladi. Departamentning aniqlik kiritishicha, United Airlines samolyoti bilan sodir bo'lgan voqea quyonning turbinaga tushishi bilan bog'liq to'rtinchi hujjatlashtirilgan hodisadir, deb xabar beradi report.az.