AQSH shtatlarining yarmidan koʻpida davlat xavfsizligi nuqtayi nazaridan davlat qurilmalarida Xitoyning TikTok ijtimoiy tarmogʻidan foydalanishni taqiqladi, deb xabar tarqatdi CNN telekanali.

“Oʻttiz bitta shtat TikTokdan davlat qurilmalarida foydalanishni chekladi, ularning toʻqqiztasi qoʻshimcha ilovalardan foydalanishni taqiqladi. Kamida toʻrtta shtat ham shunga oʻxshash taqiqni joriy qilgan”, – deyiladi CNN telekanali tarqatgan xabarda.

Telekanalning maʼlum qilishicha, AQSHda qariyb 100 million kishi foydalanayotgan mazkur ijtimoiy tarmoqni taqiqlash harakati butun mamlakatga tarqalgan. Taqiqlov respublikachilar rahbarlik qilayotgan shtatlarda ham, demokratlar rahbarlik qilayotgan shtatlarda ham birdek joriy qilingan. Qator shtatlar, TikTokdan tashqari Xitoy bilan bogʻliq boshqa ilovalarni, jumladan, WeChat and AliPayni ham taqiqlamoqda.

Avvalroq AQSH senati TikTok ilovasini federal hukumatlar elektron qurilmalarida foydalanishni taqiqlovchi qonun loyihasini tasdiqlagan edi. Yana bir guruh amerikalik senatorlar ijtimoiy tarmoqdan AQSHda foydalanishni butunlay taqiqlash boʻyicha qonun loyihasini taqdim etgandi.