AQSh Ukraina va Rossiyaga talab qo'ydi

    AQSh Ukraina va Rossiyadan tinchlik tashabbuslariga ijobiy javob olmasa, vositachi sifatida Ukrainadagi urushni tugatish bo'yicha muzokaralar jarayonidan chiqadi.

    Bu haqda AQSh Vitse-prezidenti Jey Di Vens ma'lum qildi, deya xabar beradi Clash Report 23-aprel, chorshanba kuni.

    Uning fikricha, Prezident Donald Tramp ma'muriyati ham ukrainaliklarga, ham rossiyaliklarga “adolatli taklif” bilan chiqqan.

    “Ijobiy javob olmasa (AQShning tinchlik rejasiga) Rossiya va Ukraina o'rtasida vositachilik qilishdan bosh tortamiz. Biz rossiyaliklarga ham, ukrainaliklarga ham aniq va adolatli taklif berdik”, dedi Vens.

    Avvalroq OAV AQShning Kiyev va Moskva bo'yicha “yakuniy taklifi” haqida bilib olgan edi. Bu hujjat amerikaliklar o'tgan hafta Parijda Ukraina rasmiylariga taqdim etgan bir sahifali hujjatdir.

    Bugun ma'lum bo'ldiki, davlat kotibi Marko Rubio Londonda Ukrainadagi urushni tugatish bo'yicha muzokaralarda qatnashmaydi, chunki Kiyev AQShning Qrim bo'yicha rejasini rad etdi.

    Keyinroq, bugun Londonda Ukraina, Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya va Germaniya tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining uchrashuvi qoldirilgani haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. Muzokaralar quyiroq darajada bo'lib o'tadi, deb xabar beradi korrespondent.net.