Nashrning ta'kidlashicha, o'tgan hafta Vashingtondagi muzokaralar raundidan so'ng AQSh Prezidenti Donald Tramp ma'muriyati harbiy harakatlar boshlanganidan beri Vashingtonning Kiyevga ko'rsatgan yordami miqdorini kamaytirib, 300 milliard dollar emas, taxminan 100 milliard deb baholadi.
Ta'kidlanishicha, bu ko'rsatkich Ukrainaning o'z hisob-kitoblariga yaqin – 90 milliard dollardan ortiq.
AQSh Ukrainani qo'llab-quvvatlash xarajatlari uchun kompensatsiya sifatida Ukrainaning kelajakdagi sarmoyaviy loyihalari, shu jumladan foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi foydaning bir qismini olishni istaydi.
Bitim hali imzolanmagan. AQSh moliya vaziri Skott Bessentning so'zlariga ko'ra, muzokaralar hamon davom etmoqda va tomonlar murosaga “juda yaqin”, deb xabar beradi rg.ru.