AQSh va Buyuk Britaniya Yamandagi husiylar nishonlariga navbatdagi zarbalarni berdi

    AQSh va Buyuk Britaniya Yamandagi husiylar nishonlariga yangi zarbalar berdi. Bunda flot va aviatsiya ishtirok etdi.

    “Tomagavk” qanotli raketalari uchirilgan. Zarbalar husiylarning kemalarga qarshi qo'llaniladigan qanotli raketalariga qaratildi.

    G'arb davlatlari isyonchilardan Qizil dengizdagi savdo kemalariga hujum qilishni bas qilishni talab qilmoqda. Ular Isroil bilan bog'liq bo'lgan har qanday kemalarga hujum qilishmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.