Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda “F.T.” MChJ rahbari F.B. fuqaro U.А.ни 13 000 AQSh dollari evaziga Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishini vaʼda qilib, oldindan 10 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, Departamentning Qoʻrgʻontepa tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlar bilan sudlangan D.М. va D.Х. fuqaro А.Y.ning ishonchiga kirib, uning farzandini Koreya davlatiga ishga yuborish evaziga 1 900 AQSh dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlandi.

Hozirda ikkala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.