Ma'lumki, sentyabr oyidagi FIFA kunlarida futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamosi okean ortiga yo'l olib, 9 sentyabr` kuni AQSh va 12 sentyabr` kuni Meksika jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

O'FA xabariga qaraganda, O'zbekiston milliy jamoasidan chaqiruv olgan Jasurbek Yaxshiboev oilaviy sabablarga ko'ra yig'inda ishtirok eta olmaydi.  Bu uchrashuvlarda uning o'rnini  “Navbahor” futbolchisi Abror Ismoilov egallaydi. 

Jasur joriy mavsum “Navbahor” safida Superligadagi 14 o'yinda ishtirok etib, 3ta golga mualliflik qilgan.