Endi savdo sulhining shartlarini ikki davlat rahbarlari Donald Tramp va Si Szinpin baholashi kerak. O'tgan safar tomonlar tariflarni o'zaro pasaytirishga kelishib olishdi, biroq tez orada bir-birlarini qonunbuzarlikda ayblashdi va AQSh moliya vaziri Skott Bessent muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolganini tan oldi.
Bu safar AQSh savdo vaziri Govard Lyutnik Pekin nodir yer metallarini etkazib berishni tezlashtirish majburiyatini olganini va Vashington eksport nazoratini yumshatishini aytdi. Gap dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlar o'rtasidagi o'zaro savdodagi eng qiyin ikkita masala bo'yicha siljishga erishilgani haqida bormoqda.
Muzokaralar ikki kun davom etdi, hozircha yangi uchrashuvlar rejalashtirilmagan. Endi tomonlarga keyingi natijaga erishish va imzolash uchun hujjat ishlab chiqish uchun 60 kun vaqt bor.
Xitoy vakili Li Chengan tomonlar “professional, oqilona, chuqur va samimiy” fikr almashishganini tasdiqladi. Uning fikricha, erishilgan yutuqlar ishonchni mustahkamlashga, mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalarining barqaror va sog'lom rivojlanishiga yordam beradi.
Londondagi uchrashuv Tramp ma'muriyati tashabbusi bilan o'tkazildi. AQSh Prezidenti Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot qilgach, Londonga delegatsiya yubordi, deb xabar beradi lenta.ru.









