AQSh Venesuela qirg'og'ida neft tankerini qo'lga oldi

    Venesuela qirg'og'ida AQSh maxsus kuchlari tomonidan qo'lga olingan tanker Venesuela neftini Kubaga tashiyotgan edi. Bu haqda The Washington Post (WP) anonim manbaga tayanib xabar berdi.

    AQSh Prezidenti Donald Tramp Venesuela qirg'og'ida neft` tankerining qo'lga qolinganini tasdiqladi va AQSh neftni o'zida olib qolishni rejalashtirayotganini ta'kidladi. Tramp shuningdek, kema egasi haqidagi ma'lumotlar oshkor qilinishini aytdi.

    Mamlakatda bosh prokuratura vazifasini bajaruvchi AQSh Adliya vazirligi qo'lga olingan tanker AQSh sanksiyalarini buzgan holda Venesuela va erondan neft tashiyotganini ma'lum qildi. Departament kotibi Pem Bondi ham kema “xorijiy terrorchilik tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash” uchun foydalanilganini da'vo qildi.

    Venesuela Tashqi ishlar vazirligi AQSh tomonidan Karib dengizida neft tankerining qo'lga olinganini xalqaro qaroqchilik harakati deb bilishini ma'lum qildi, deb xabar berdi tass.ru.