Ilgari qamrab olingan 38 ta davlat qatoriga yana 12 ta davlat qo‘shildi, deb xabar beradi AQSh Davlat departamenti.

Yangi qoidalarga ko‘ra, mazkur 50 ta davlat fuqarolari turistik va biznes V1/V2 vizalariga ariza berishda 15 000 dollargacha garov puli to‘lashlari shart.

Dasturga yangi qo‘shilgan 12 ta davlat: Gruziya, Mo‘g‘uliston, Mavrikiy, Kambodja, Efiopiya, Grenada, Lesoto, Mozambik, Nikaragua, Papua-Yangi Gvineya, Seyshel orollari va Tunis. Ilgari dastur asosan Afrika mamlakatlari, jumladan, Jazoir, Bangladesh, Botsvana, Kuba, Nigeriya, Zambiya va boshqalarni qamrab olgan edi.

Agar ariza beruvchiga viza berilmasa yoki u Qo‘shma Shtatlarda bo‘lish talablariga to‘liq javob bersa, garov puli qaytariladi. Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu chora vizalari muddati tugaganidan keyin mamlakatda noqonuniy qoladigan chet elliklar sonini kamaytirishga qaratilgan.

Donald Tramp ma’muriyati qattiq immigratsiya siyosatini olib bormoqda. Buning bir qismi sifatida deportatsiya, vizalar va grin-kartalarni bekor qilish, shuningdek, immigrantlarning ijtimoiy tarmoqlarini tekshirish amalga oshirilmoqda.

Inson huquqlari faollari ushbu dasturni fuqarolarning huquqlarini cheklash deb tanqid qilsalar-da, rasmiylar uni ichki xavfsizlikni ta’minlashning samarali vositasi deb hisoblashadi.

O‘tgan yilning iyun oyida Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizlik muammolari tufayli 19 ta mamlakat fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqlagan edi, deb xabar berdi kazinform.