AQSh xorijlik talabalardan mamlakatni tark etishlarini talab qildi

    Voqea-hodisalar 7 Iyul 2020 1685

    AQSh kuzgi semestrda onlayn ta'lim oladigan xorijlik talabalardan mamlakatni tark etishlarini talab etmoqda.

    Immigratsiya va bojxona politsiyasining maʼlum qilishicha, bunday talabalarga Davlat departamenti viza bermaydi va Chegara nazorati ularni mamlakatga kiritmaydi.

    Shu bilan birga, AQShda qolishni istagan talabalarga hukumat oʻqish joyini, hech boʻlmaganda oʻqishning bir qismini kunduzgi taʼlimga oʻzgartirishni taklif etmoqda.

    Immigratsiya politsiyasining bunday qarori minglab chet ellik talabalarga taʼsir qilishi mumkin. Sababi koronavirus pandemiyasi tufayli Amerikaning koʻplab universitetlari onlayn formatga oʻtishni boshlagan edi. Amerika Taʼlim kengashi vitse-prezidenti Bred Farnsuortning soʻzlariga koʻra, koronavirus bilan bogʻliq vaziyat kuzda yomonlashishi mumkin, shundan keyin hatto kunduzgi kurslar ochgan universitetlar ham onlayn taʼlimga oʻtishga majbur boʻladi.