Bu haqda Aljazeera xabar berdi.
Qayd etilishicha, payshanda kuni Nyu-York shtati politsiyasi xodimlari koʻchada oʻgʻirlikda gumon qilinayotgan shaxslarga oʻxshash ikki nafar bolani toʻxtatgan. Shunda bolalardan biri politsiyadan qochib ketgan. Qochib ketgan bolaning qoʻlida esa Glock 17 Gen 5 toʻpponchasiga oʻxshash qurol boʻlgan. Uning ortidan quvgan politsiyachilarga oʻzining qoʻlidagi oʻyinchoq pistoletni xuddi oʻq uzayotgandek qaratgan.
Oqibatda politsiya xodimlari bolaga qarata oʻt ochib, uni oʻldirgan. Tekshiruvlar natijasida esa bolaning qoʻlidagi qurol Glock 17 Gen 5 toʻpponchasiga oʻxshash qurol ekani aniqlangan.
Bola politsiya xodimlari tomonidan tezda kasalxonaga olib borilgan. Ammmo koʻrsatilgan tibbiy koʻriklarga qaramay vafot etgan.
Maʼlumotlarga qaraganda, bola Myanmadan kelgan muhojirlar oilasidan boʻlgan. Mahalliy politsiya Glock 17 Gen 5 belgilari va seriya raqamlariga ega boʻlgan toʻpponcha nusxasi suratlarini eʼlon qilgan. Ular vaziyatni oʻrganib, tergov natijalarini ochiqlashga vaʼda berdi.