AQSHda 133 ta mashina ishtirokida yirik YTH sodir boʻldi

    AQSHning Texas shtatida 133 ta mashina ishtirokida yirik avtoxalokat yuz berdi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.

    Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, olti kishi halok boʻldi, 60 ga yaqin kishi jarohat oldi.

    Politsiya maʼlumotlariga qaraganda, yoʻldagi muz hodisaga sabab boʻlgan.

    Tez yordam xizmati matbuot kotibi Mett Zavadskiyning soʻzlariga koʻra, bir necha kishi ogʻir ahvolda kasalxonaga yetkazilgan, boshqalari ogʻir jarohat olgan.