AQSHda 450 ta avtomashina ortilgan poyezd relsdan chiqib ketdi
Voqea-hodisalar
6 avg 2021, 15:24
1 155
AQSHning Missuri shtatida poyezd tarkibi relsdan chiqib ketib, halokat yuz berdi. Oʻnlab vagonlar agʻdarilib ketishi oqibatida vagonlar ichida olib ketilayotgan yangi Ford F-150 pikaplari hamda Transit yuk tashish avtomobillari zarar koʻrdi, deyiladi autocentre.ua saytida.
Maʼlumotlarga qaraganda, vagonlar ichida 450 ta transport vositalari boʻlgan. Avtomashinalar avval mahalliy dillerlarga, ular esa, oʻz navbatida, xaridorlarga yetkazishi koʻzda tutilgan edi.
Zarar koʻrgan avtomashinalarni kompaniyaning zavodiga qaytarish choralari koʻriladi.