AQShda 89 kishi anomal sovuq qurboni bo'ldi

    O'tgan haftada AQShda kuzatilgan kuchli sovuq va qor yog'ishi oqibatida qurbon bo'lganlar soni 89 nafarga yetdi.

    Tennessi shtatida 25 kishi va Oregon shtatida kamida 16 kishi, jumladan, daraxt ag'anab tushgan mashinada uch kishi halok bo'ldi.

    Tabiiy ofat bilan bog'liq o'lim holatlari Illinoys, Pensilvaniya, Missisipi, Vashington, Kentukki, Viskonsin, Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarida ham qayd etilgan.

    Amerika Qo'shma Shtatlarning katta qismi kuchli shamol, qor yog'ishi va muzdan zarar ko'rdi. Avvalroq Chikagoda g'ayritabiiy sovuq kuzatilgan edi. Havo harorati minus 20 darajaga tushib ketdi, deb xabar beradi mir24.tv.