AQShda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib ketdi va unda yong'in kelib chiqdi

    Arizona va Nyu-Meksiko chegarasi yaqinida benzin va propan olib ketayotgan yuk poezdi relsdan chiqib ketdi. Hodisa oqibatida oltita vagon yonib ketgan.

    Bu haqda Associated Press agentligi ma'lum qildi.

    Jabrlanganlar haqida ma'lumot yo'q.

    Rasmiylar voqea sodir bo'lgan hududdagi avtomobil yo'lini yopishga qaror qildi, bu ikki shtat o'rtasidagi asosiy yuk tashiladigan yo'nalish hisoblanadi. Yaqin atrofdagi uylar aholisi evakuatsiya qilindi.

    Hodisa sabablari o'rganilmoqda, deb xabar beradi report.az.