AQSHda emlanmaganlar pandemiyasi kuzatilmoqda

    Salomatlik 22 Iyul 2021 688

    Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden aytib oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra, “bizda emlanmaganlar orasida pandemiya kuzatilmoqda.

    Bu oddiy. Agar siz emlangan boʻlsangiz, kasalxonaga yotqizilmaysiz. Reanimatsiya boʻlimiga olinmaysiz. Siz oʻlmaysiz”.

    Uning maʼlumotlriga koʻra, AQSHda ohirgi paytlarda koronavirusdan vafot etgan 10 ming kishi orasida 9,950 nafari vaksina olmagan.

    Bayden, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar dezinformatsiya bilan “odamlarni oʻldirishini”, feyklarning 45 foizga yaqini Facebookdagi 12 kishidan tarqalayotganini taʼkidladi. “Bu hazil emas, bu bolangizga yoʻldan qizil chiroq yonganda oʻtishni aytish bilan barobar”, - dedi Oq uy rahbari.