Uning so'zlariga ko'ra, tez orada AQSHning boshqa shaharlarida ham to'laqonli Cruise robot-taksi tarmog'i paydo bo'lishi rejalashtirilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Cruise 2013-yilda tashkil etilgan. So'nggi o'n yil ichida General Motors tomonidan qo'llab-quvvatlangan kompaniya Kaliforniya shtatida kengayishda sezilarli yutuqlarga erishdi.

Shuningdek, San-Fransiskoda boshlangan startap o'sha paytdan beri Feniks (Arizona) va yaqinda Ostin (Texas) gacha kengaytirildi.

2023-yil fevral oyida Cruise bosh direktori va muassisi Kayl Vogt robot-taksi rulda haydovchisiz 1 million mil yo'l yurganini ma'lum qilgan edi.

Aytib o'tish lozimki, San-Fransiskoda faqat kompaniya xodimlari sayohat qilishlari mumkin. Oddiy aholi uchun 22:00 dan 5:30 gacha shahar hududining atigi uchdan bir qismiga harakatlanish xizmati mavjud xolos. Vogt jamoatchilik uchun 24 soatlik sayohatlar tez orada joriy qilinishini qo'shimcha qildi, deb xabar beradi uzreport.news.