CalFire janubiy hududi yong'in boshlig'i Devid Fulcherning so'zlariga ko'ra, birinchi vertolyot yaqin atrofga xavfsiz qo'nishga muvaffaq bo'lgan. Ikkinchisi qulab tushgan. Ekipajning barcha uch a'zosi halok bo'ldi.

The Press-Enterprisening xabariga ko'ra, mahalliy vaqt bilan soat 18:00 atrofida Kabazon aholi manzilgohidagi binoda sodir bo'lgan yong'inni o'chirish uchun vertolyotlar jalb qilingan.

Milliy ob-havo xizmati meteorologi Mark Moedaning so'zlariga ko'ra, yakshanba kuni kechqurun hududda osmon ochiq bo'lgan, shamol tezligi soatiga 40 kilometrdan oshmagan.

Milliy transport xavfsizligi boshqarmasi halokat yuzasidan tekshiruv olib boradi, deb xabar beradi korrespondent.net.