AQSHda ingliz tili rasmiy til deb e'lon qilindi

    AQSh mustaqilligi e'lon qilinganidan 249 yil o'tib, mamlakat ingliz tilini federal darajada rasman qabul qildi. AQSh Prezidenti Donald Tramp tegishli farmonni imzoladi.

    Hujjatda ta'kidlanishicha, ingliz tilini rasmiy til sifatida tan olish muloqotni soddalashtirish, milliy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy hamjihatlikni oshirishga yordam beradi.

    Mazkur farmon, shuningdek, 2000-yilgi Bill Klinton ma'muriyatining federal idoralardan ingliz tilini bilmaydigan odamlarga til yordami ko'rsatishini talab qilgan buyrug'ini ham bekor qiladi. Biroq, ayrim hollarda, oldingidek nafaqat ingliz tilida, balki boshqa tillarda ham hujjatlar va xizmatlar taqdim etilishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.