Bu haqda Washington Post mahalliy rasmiylar va tibbiyot xodimlariga tayanib xabar berdi.
Avvalroq Oregon ma'muriyati g'ayritabiiy jazirama tufayli kamida to'rt kishi vafot etgani, shu sababli hududda favqulodda holat e'lon qilingani haqida xabar bergan edi. Chorshanba kuni Washington Post Merilend va Virjiniya shtatlarida issiq ob-havo bilan bog'liq yana beshta o'lim haqida xabar berdi. Kaliforniyadagi O'lim vodiysida yana bir kishining o'limi qayd etildi, deb xabar beradi ria.ru.