AQShda kit suvdan chiqib, qayiqqa urildi, oqibatda bir kishi suvga tushib ketdi

    AQShning Nyu-Gempshir shtatidagi Portsmut yaqinida kit suvdan chiqib, qayiqqa urildi, deb xabar berdi CBS News.

    “Nyu-Gempshir shtatidagi Portsmut yaqinida kit suvdan chiqib, qayiqqa urildi. Yaqin atrofda bo'lgan o'smirlar buni videoga olishdi”, deyiladi telekanal xabarida.

    Telekanal tomonidan e'lon qilingan videoda kit tufayli qayiq qanday qilib og'ib qolgani va bortdagi bir kishi suvga tushib ketgani tasvirlangan. Shu bilan birga, telekanal suvga tushib ketgan shaxsning qutqarib qolingani yoki qutrqarib qolinmagani haqida ma'lumot bermayapti. Videoda qayiq yaqinida yana bir qancha kemalar borligini ko'rish mumkin, deb xabar beradi ria.ru.