Daily Mail xabar qilishicha kasallik aniqlangan kiyiklardan biri o‘lik holda topilgan. Infeksiyani yuqtirgan kiyiklarning miya faoliyatida buzilish qayd etiladi. Xususan, hayvonlar odamlardan qo‘rqishni to‘xtatib, tashqi ogohlantirishlarga reaksiya bildirmaydi. Kiyiklar istirohat bog‘ida maqsadsiz kezadi, so‘lak chiqaradi va keyin nobud bo‘ladi.

Ayni damda virusning tarqalish mexanizmlarini o‘rganayotgan mutaxassislar u turlararo to‘siqni yengib o‘tib, boshqa hayvonlarga, keyin esa odamlarga tarqalishi mumkinligini istisno etmayapti. Bu ishonchli tarzda isbotlanmagan bo‘lsada, ovchilarga kasal kiyik go‘shtini isteʼmol qilmaslik tavsiya etilgan.