AQShda maktab avtobusi ishtirokidagi yo'l-transport hodisasi oqibatida 2 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Texasda maktab avtobusi va yuk mashinasining to'qnashuvi oqibatida ikki kishi hayotdan ko'z yumdi.

    Ma'lumotlariga ko'ra, avtobusda ketayotgan bolakay va avtobus ortidan ketayotgan mashinada bo'lgan erkak vafot etgan. 51 kishi jarohatlangan, ulardan to'rt nafarining ahvoli og'ir.

    Sement tashuvchi yuk mashinasi 44 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar va 11 nafar kattalarni olib ketayotgan avtobusga borib urilgan. Avtobus bolalarni ekskursiyadan – hayvonot bog'idan olib qaytayotgan edi, deb xabar beradi report.az.