Bir kun oldin Shimoliy Karolina shtatiga to'fon yopirildi. Oqibatda kuchli shamol yuzaga keldi, kuchli yomg'ir yog'di. Shimoliy Karolinada 3 ming, Virjiniyada 11 mingga yaqin abonent tungi vaqtda elektr energiyasiz qoldi.
To'fon keyinroq zaiflashdi, ammo sinoptiklar yana yomg'ir yog'ishi va suv toshqini yuz berishini bashorat qilishmoqda. “Ofeliya” shimol tomonga siljishda davom etishi kutilmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.









