AQShda parranda grippidan ilk o'lim qayd etildi

    AQShda H5N1 parranda grippidan ilk odam o'limi Luiziana shtatida qayd etildi. Bu haqda dushanba kuni mahalliy sog'liqni saqlash boshqarmasi ma'lum qildi.

    “Luiziana Sog'liqni saqlash departamenti AQShda H5N1 [parranda grippi] tufayli birinchi odam o'limi haqida xabar bermoqda”, deyiladi departament bayonotida. Shuningdek, bemorning yoshi 65 dan oshgani va davlat shifoxonasida yotgani qayd etilgan.

    Parranda grippi birinchi marta 2022-yil yanvar oyida Janubiy Karolinada yovvoyi qushlarda aniqlangan, virus Kaliforniyada qayd etilgan. 2024-yilning mart oyida Texas va Kanzas shtatlarida sigirlarda yuqtirish holatlari qayd etilgan. O'shandan beri Amerikaning 10 shtatida odamlar orasida 66 ta infeksiya holati tasdiqlangan.

    Parranda grippi A tipidagi gripp virusi shtammlari keltirib chiqaradigan yuqumli kasallikdir. Kasallik butun dunyoda keng tarqalgan, yovvoyi qushlarning ko'p turlari infeksiyaga nisbatan chidamli bo'ladi, lekin ba'zilarida, shu jumladan uy qushlarida kasallik rivojlanadi va odamlarga yuqishi mumkin, deb xabar beradi tass.ru.