AQSHda qor bo'ronlari avjida: ko'plab aviareyslar bekor qilindi

    AQSHda qor bo'ronlari davom etmoqda. Mamlakat bo'ylab ko'p qor yog'di va kuchli shamol esdi. Minnesota va Viskonsin shtatlarida 50 santimetrgacha yog'ingarchilik kuzatildi.

    Shimoliy shtatlarda maktablarda darslar bekor qilindi, idoralar ishlamayapti. Kaliforniyada tabiiy ofat tufayli elektr ta'minoti uzildi, Vayomingda barcha yo'llar muz va qor bilan qoplangan, u yerda harakatlanish deyarli ilojsiz holga kelib qolgan. Aholidan huda-behuda uydan chiqmaslik so'ralmoqda.

    “Bizning qor tozalovchi operatorlarimiz yana 12 soatlik navbatga qaytishdi. Va biz hamma narsani tartibga keltirmaguncha, kechayu kunduz ishlaymiz. Ehtimol, bunday rejim hech bo'lmaganda yakshanba kuniga qadar va balki keyingi haftagacha davom etadi”, deydi jamoat ishlari departamenti vakili Dastin Xansen.

    Mamlakatda 1500 dan ortiq reyslar bekor qilingan, ayrim aeroportlar butunlay yopilgan. Meteorologlarning fikricha, qor hali to'xtamaydi, 64 santimetrgacha qor yog'ishi, shimoliy shtatlarda havo harorati minus 35 darajagacha tushishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.