U birinchi marta mustaqil ravishda qolip o'rnatish uchun tishni tayyorlash jarayonini amalga oshirdi.
Odatda tish shifokori bunday muolajaga ikki soatga yaqin vaqt sarflaydi, biroq robot bu vazifani 15 daqiqada bajardi.
Kompaniya bosh direktori va asoschisi Kris Sirielloning dunyodagi birinchi to'liq avtomatlashtirilgan, robotlashtirilgan stomatologik muolaja muvaffaqiyatli yakunlaganidan mamnun. Uning aytishicha, tibbiyotdagi mazkur yutuq stomatologik muolajalarning aniqligi va samaradorligini oshiradi.
Kompaniya optik kogerentlik tomografiya texnologiyasiyasiga asoslangan “og'iz bo'shlig'ini qo'l vositasida skanerlash” usuli vositasida muolaja vaqtini sezilarli darajada qisqartirishga erishdi. Bu bemor og'iz bo'shlig'i, shu jumladan tish usti yoki milk osti holati haqida uch o'lchovli ma'lumotlarni taqdim etadi.
Perceptive uning yangi 3D optik texnologiyasi atigi 45 foiz samaradorlikka ega hozirgi 2D rentgen nurlaridan farqli tarzda kariesni aniqlash imkoniyati juda yuqori.
Kris Sirielloning so'zlariga ko'ra, kompaniya robotning imkoniyatlarini oshirishni rejalashtirmoqda. Ko'ngillilar ustida o'tkazilgan dastlabki sinovlar muvaffaqiyatli o'tdi va robot, hatto, borish qiyin bo'lgan joylarda va qiyin sharoitlarda, xususan, bemor harakatlanayotganda ham ishlay olish imkoniyatiga ega.
Biroq, robot hozirda AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasining (FDA) ruxsatiga ega emas, shu bois undan barcha bemorlar foydalana olishi uchun yillar talab qilinishi mumkin, deb xabar beradi korrespondent.net.