Sotheby's auksion savdoni 14-iyulda o‘tkazishni rejalashtirgan.

Bu "titan kaltakesagi"ning eng to‘liq skeletlaridan biri. Unga 2021-yilda ikki oyoqli yirtqichning qazilma qoldiqlarini topgan janubiy dakotalik fermer Gari Gus Liking sharafiga "Gus" nomi berilgan.

2024-yilda Citadel xedj-fondi asoschisi Ken Griffin Nyu-Yorkdagi Sotheby's auksionida Apex laqabli stegozavr skeletini rekord darajadagi 44,6 million dollarga sotib oldi. Dastlab bu lot 4 million dollardan 6 million dollargacha baholangan edi. Apex hozirda Nyu-Yorkdagi Amerika tabiiy tarix muzeyida namoyish etilmoqda.

Auksionda sotilgan birinchi dinozavr skeleti ham tirannozavrga tegishli edi. Auksion 1997-yilda Sotheby's tomonidan o‘tkazilgan va topilgan "eng to‘liq" tirannozavr suyaklari "Syu" deb nomlangan. U paleontolog Syuzan Xendrikson sharafiga nomlangan. Skelet 1990 yil aprel oyida Janubiy Dakotadagi ranchoda topilgan, deb xabar berdi Kazinform.