AQShda vertolyot halokatga uchradi

    Gavayida vertolyotning qulab tushishi oqibatida bir kishi halok bo'ldi, ikki kishi bedarak yo'qoldi. Bu haqda Kauai okrugi politsiyasi xabar berdi.

    Uning ma'lumotlariga ko'ra, Robinson R44 mahalliy vaqt bilan payshanba kuni taxminan 13:20 da Kauai oroli qirg'og'ida suvga qulab tushdi. Ekskursiya parvozini amalga oshirgan vertolyot mahalliy Ali’i Air Tours and Charters kompaniyasiga tegishli edi.

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, bortda uch kishi, jumladan uchuvchi ham bo'lgan. Politsiya ularning shaxsi haqida ma'lumot bermayapti.

    Favqulodda xizmatlar hodisa oqibatida bedarak yo'qolgan ikki kishini qidirishni davom ettirmoqda, deb xabar beradi tass.ru.