AQShda yirik yo'l-transport hodisasi yuz berdi

    Luiziana shtatidagi trassada avtomobillarning to'qnashishi oqibatida kamida ikki kishi halok bo'ldi, 30 kishi jarohat oldi.

    Uchta yuk mashinasi to'qnashib ketishi oqibatida ulardan ikkitasi yonib ketgan. Avtohalokat keyingi avtomashinalarning to'qnashuviga sabab bo'ldi, bu esa katta yo'lda 100 ga yaqin avtomashinaning to'planib qolishi olib keldi.

    Qayd etilishicha, jabrlanganlarning 18 nafari kasalxonaga yotqizilgan, 3 nafarining ahvoli og'ir.

    Hodisaga kuchli tuman sabab bo'lgani aytilmoqda, deb xabar beradi tass.ru.