AQShda yo'lovchi poyezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida yetti kishi jabrlandi

    Massachusets (AQSh) Kembrij shahrida yo'lovchi poyezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida yetti kishi jabrlandi.

    Bu haqda CBS News telekanali ma'lum qildi.

    “Seshanba kuni kechqurun Massachusets shtati Kembrij shahridagi Lexmer stantsiyasi yaqinida Green Line poezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida yetti kishi yengil jarohat oldi, deyiladi xabarda.

    Hodisa vaqtida poyezdda 50 nafarga yaqin odam bo'lgan, jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazildi, deb xabar beradi report.az.