Avvalroq 26 qurbon bo'lgani haqida xabar berilgan edi.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, o'lim holatlari Alabama, Arkanzas, Delaver, Illinoys, Indiana, Missisipi va Tennessi kabi shtatlarda qayd etilgan. Birgina Tennessi shtatida 15 kishi halok bo'ldi.
Arkanzas shtatida besh kishi halok bo'ldi, uning gubernatori Sara Xakabi Sanders avvalroq favqulodda holat e'lon qilib, hokimiyat shtatni tiklash uchun hech qanday resursni ayamasligini aytdi. Uning qarori bilan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun Milliy gvardiya jalb qilindi, deyiladi ria.ru saytida.