Qoʻshma Shtatlarda irqchilikka qarshi ommaviy norozilik namoyishlari ortidan ishlab chiqaruvchi "Eskimo" nomini kamsitish sifatida koʻrmoqda.
"The Wall Street Journal" ning eslatishicha, shokolad bilan qoplangan mazkur muzqaymoq ilk marotaba 1920 yilda Kristian Nelson va qandolatchi Rassel Stover tomonidan yaratilgan. Shirinlikning logotipiga moʻynali libosdagi eskimos tasviri tushiriladi. Muzqamoq 1922 yilda patentlangan.