Bu haqda New York Post nashri xabar bermoqda.
Frensis 1909-yilda Luiziana shtatida tug'ilgan. U 11 yoshida onasidan ayrilgan, uni qarindoshlari o'z tarbiyasiga olgan. O'smirlik yillarida amerikalik xolasiga yordam bergan va 20 yildan ortiq vaqtdan keyin u Texasning Xyuston shahridagi KTRK-TV telekanalidagi qahvaxonani boshqargan. Frensisning har doim o'zi tayyorlagan tortlari, shuningdek, tovuq go'shti va chuchvara xodimlar orasida ayniqsa mashhur edi.
So'nggi yillarda ayol Xyustonda qizining uyida yashadi, qizi 95 yoshda. 25-iyul kuni Frensis o'zining 115 yoshini nishonladi. Ayol butun umri davomida qo'llagan prinsipni o'zining uzoq umr ko'rish siri deb biladi: “Nimani o'ylasang, shuni gapir, ichingga yutma”.
Avgust oyida dunyoning eng keksa odami maqomiga ega bo'lgan ispaniyalik ayol 117 yoshida vafot etgani xabar qilingan edi. U 1907-yil 4-martda San-Fransiskoda (AQSh, Kaliforniya) tug'ilgan, biroq keyinchalik ota-onasi bilan Yevropaga ko'chib ketgan, deb xabar beradi lenta.ru.