Karim Ifrak 2024-yilda oʻtkazilgan “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans asosi” VIII xalqaro kongress hamda Xalqaro madaniy meros haftaligida ishtirok etib, Temuriylar davrida koʻchirilgan nodir rangli Qurʼoni Karim qoʻlyozmasi haqida qiziqarli maʼlumotlar bergan edi.
Hozirda mazkur qoʻlyozma Islom sivilizatsiyasi markazi loyihalari qatoriga kiritilgan.
Uchrashuv davomida Karim Ifrak AQSHdagi yirik kutubxonalardan birida ushbu qoʻlyozmaning yana bir nusxasi topilganini maʼlum qildi.
Shuningdek, u “Qurʼoni Karimning Temuriylar davri qoʻlyozmalari“ mavzusida Markaz bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Karim Ifrak kelgusi xalqaro anjumanlarda oʻzining yangi kashfiyotlari bilan ishtirok etishini taʼkidladi. Shuningdek, uning “Islomning paygʻambari: Gʻarblik buyuk olimlar nigohidagi besh asr” nomli yangi kitobi nashrga tayyorlanayotgani maʼlum qilindi.