AQShdagi zavodda portlash yuz berdi

    AQShning Arkanzas shtatidagi harbiy zavodda yuz bergan portlash oqibatida kamida ikki kishi jarohatlandi, bir kishi bedarak yo'qoldi deb hisoblanmoqda.

    Bu haqda 3-iyul, chorshanba kuni ABC News xabar berdi.

    Qayd etilishicha, bir jabrlanuvchi Vashita okrugi tibbiyot markazining tez tibbiy yordam bo'limida, uning ahvoli barqaror, ikkinchisi vertolyotda shtatdan olib chiqib ketildi.

    Nashr ma'lumotlariga ko'ra, portlash Kamdendagi General Dynamics Ordnance and Tactical Systems zavodida sodir bo'ldi. Kompaniya dastlab buni “pirotexnika hodisasi” deb atadi, ammo keyinroq bu portlash ekanligini tasdiqlandi, deb xabar beradi korrespondent.net.